Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasini yoritadigan yangi telekanal tashkil etiladi

13:16 09 Avgust 2022 Jamiyat
724 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasini yoritadigan yangi innovatsion telekanal tashkil etiladi. Telekanal «Agro TV» deb nomlanib, unda agrosanoat sohasiga tegishli maʼlumotlar beriladi.

«Agro TV» telekanalining asosiy maqsadi – mamlakat qishloq xoʻjaligi sektorini yangi va zamonaviy rakurslarda ochib berish.

Shuningdek, media texnologiyalarning zamonaviy usullari va tendensiyalaridan foydalanilgan holda mahalliy tomoshabin hamda xorijiy investorlarni goʻsht va sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot, paxta, bugʻdoy va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi soʻnggi yangiliklar bilan tanishtirib boradi.

Bundan tashqari, auditoriyani jahon va mahalliy qishloq xoʻjaligi sohasidagi yangiliklardan xabardor qilish, tomoshabinga bu sohadagi xalqaro tajriba, innovatsiyalar, nou-xao, shuningdek, yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikrlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.

«Agro TV» telekanali oʻzbek, rus va ingliz tillarida efirga uzatiladi. Telekanal qamrovi Oʻzbekistonning barcha viloyatlarini oʻz ichiga oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер