Oʻzbekistonda qidiruvda boʻlgan ayol Turkiyada qoʻlga olindi
Odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashirinib yurgan Oʻzbekistonlik ayol Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston va Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik doirasida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan 1981-yilda tugʻilgan fuqaro I.U. qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Javobgarlikdan yashirinib yurgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (odam savdosi) bilan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring