Oʻzbekistonda qancha ehtiyojmand xonadon bor? 

10:39 19 Iyun 2020 Siyosat
1294 0

Tanzila NARBAYEVA, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi: “Pandemiya sababli mamlakatimiz iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganligiga qaramasdan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi. Kam taʼminlangan ehtiyojmand aholi roʻyxati shakllantirilib, ularni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amaliy choralar koʻrilmoqda.

Respublika boʻyicha 7 mln. 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foiz) ehtiyojmand xonadon hisoblanadi. Ushbu xonadonlarning roʻyxatlari mahalliy Kengashlarning qarorlari bilan tasdiqlangan.

Tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatlari yana-da kengaytirilmoqda. Amaldagi koʻplab talab va cheklovlar qayta koʻrib chiqilib, soddalashtirilmoqda, katta imtiyozlar berilmoqda, tadbirkorlik qoʻllab-quvvatlanmoqda. Buning natijasida esa 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subyekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion soʻmlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

Umuman olganda, mamlakatimizda COVID-19 infeksiyasi tarqalishini jilovlash, aholining eng ehtiyojmand qatlamlari uchun pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha koʻrilgan choralar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan yuksak baholandi.

Karantin talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarimiz va erishgan natijalarimiz Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti tomonidan ham eʼtirof etildi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер