Oʻzbekistonda qancha doza vaksinadan foydalanilgani maʼlum qilindi
2021-yil 7-dekabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 235 906 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 69 568 nafarni,
— 2-bosqich emlanganlar 110 885 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 55 453 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 35 353 114 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
— 1-bosqich emlanganlar 18 056 727 nafarni,
— 2-bosqichda emlanganlar 11 434 541 nafarni,
— 3-bosqich emlanganlar 5 861 846 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
— Samarqand viloyati (48 543 doza),
— Toshkent shahri (30 065 doza),
— Fargʻona viloyati (26 574 doza)
band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 84,2 foizni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring