Oʻzbekistonda qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni koʻpligi maʼlum qilindi

10:08 11 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
1410 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 089 tani, shundan qoʻshma korxonalar 6 096 ta va xorijiy korxonalar 6 993 tani tashkil etmoqda.

2021-yilning 1-sentyabr holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning sohalar boʻyicha soni:

Sanoat – 4 136 ta

Savdo – 3 632 ta

Qurilish – 1 087 ta

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 716 ta

Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 555 ta

Axborot va aloqa – 375 ta

Tashish va saqlash – 334 ta

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish – 204 ta

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер