Oʻzbekistonda qaysi xizmat turlari eng tez oʻsayotgani aytildi
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln soʻmni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Xizmat turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari quyidagicha taqsimlangan:
- Moliyaviy xizmatlar — 123,7 foiz;
- Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,6 foiz;
- Ijara xizmatlari — 119 foiz;
- Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
- Meʼmorchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,2 foiz;
- Transport xizmatlari — 112,9 foiz;
- Savdo xizmatlari — 113,3 foiz;
- Boshqa xizmatlar — 113,1 foiz;
- Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 112,8 foiz;
- Shaxsiy xizmatlar — 112 foiz;
- Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 111,7 foiz;
- Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 109,3 foiz;
- Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 108,8 foiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring