Oʻzbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni koʻp?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-may holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 989 tani tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokida eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
— Rossiya – 2 905 ta
— Xitoy – 1 807ta
— Turkiya – 1 798 ta
— Qozogʻiston – 986 ta
— Janubiy Koreya – 712 ta
— AQSH – 297 ta
— Qirgʻiziston – 258 ta
— Tojikiston – 253 ta
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring