Oʻzbekistonda oʻtgan yili 21,4 trln soʻmlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarildi
2025-yilda Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan qiymati 21,4 trln soʻmlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 249 mlrd soʻm;
- Andijon viloyati – 884,7 mlrd soʻm;
- Buxoro viloyati – 401,3 mlrd soʻm;
- Jizzax viloyati – 521,5 mlrd soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 212,5 mlrd soʻm;
- Navoiy viloyati – 528,2 mlrd soʻm;
- Namangan viloyati – 846,8 mlrd soʻm;
- Samarqand viloyati – 1,4 trln soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 117,2 mlrd soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 1,1 trln soʻm;
- Toshkent viloyati – 4,9 trln soʻm;
- Fargʻona viloyati – 2,4 trln soʻm;
- Xorazm viloyati – 186,2 mlrd soʻm;
- Toshkent shahri – 7,8 trln soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 20,4 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring