Oʻzbekistonda oʻqituvchilarning kasbiy mahorati boʻyicha sertifikatlar joriy etiladi
Foto: Arxiv surat
Pedagoglarga bilim darajasi va kasbiy mahorati boʻyicha 2 yil davomida amal qiluvchi “Ilgʻor oʻqituvchi”, “Ustoz oʻqituvchi” hamda “Professional oʻqituvchi” sertifikatlari beriladi.
Xalqaro miqyosda tan olinadigan “Ilgʻor oʻqituvchi”, “Ustoz oʻqituvchi” yoki “Professional oʻqituvchi” sertifikatlarini olgan pedagoglarga qoʻshimcha haq toʻlanadi:
— “Ilgʻor oʻqituvchi” sertifikatini olgan pedagoglarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida;
— “Ustoz oʻqituvchi” sertifikatini olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 70 foiz miqdorida;
— “Professional oʻqituvchi” sertifikatini olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz miqdorida.
Shuningdek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tizimidagi taʼlim muassasalariga “Ilgʻor oʻqituvchi”, “Ustoz oʻqituvchi” yoki “Professional oʻqituvchi” sertifikatini olgan pedagoglarni malaka toifasidan qatʼi nazar ishga qabul qilish huquqi beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring