Oʻzbekistonda oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda

15:28 17 Aprel 2026 Jamiyat
146 0

“Oʻquvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va muhokamalar portaliga joylandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur loyihaga koʻra, 9-sinf bitiruvchilari uchun bitiruv va oʻrta maxsus yoki boshlangʻich professional taʼlimga qabul jarayonlarini qamrab oluvchi asosiy davlat imtihonlari joriy etiladi.

11-sinf, shuningdek oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim bitiruvchilari uchun esa bitiruv hamda oliy va professional taʼlimga qabulni oʻz ichiga olgan yagona davlat imtihonlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 9-sinf bitiruvchilari ona tili va matematikadan majburiy, 2 ta tanlov fanidan imtihon topshiradi. 11-sinf va tegishli boshqa bitiruvchilar uchun ham 2 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fani asosida yagona davlat imtihoni tashkil etilishi belgilangan.

Maʼlum qilinishicha, imtihonlar uchun roʻyxatdan oʻtish har yili 1-yanvardan 31-martga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?