Oʻzbekistonda neft va gaz sanoati uchun inert keramik sharlar ishlab chiqarilmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oltingugurtli aralashma hamda gazni seolit asosida quritish, tozalash va tayyor mahsulot koʻrinishidagi oltingugurt olish texnologik qurilmalarida ishlatish uchun inert termochidamli keramik sharlarni ishlab chiqarish texnologiyasini oʻzlashtirish loyihasiga grant mablagʻlari ajratilgan.
Loyiha Materialshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Shavkat Fayziyev boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.
Ushbu loyiha oltingugurt ishlab chiqarish uchun texnologik qurilmalarda ishlatiladigan va import oʻrnini bosuvchi inert, keramik, issiqlikka bardoshli sharlarni ishlab chiqarishni tijoratlashtirishni maqsad qilgan, shuningdek seolitli quritish va tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash maqsadlariga ham yoʻnaltirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring