Oʻzbekistonda necha nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda?
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/23 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:
— 2017/2018-oʻquv yili – 1,3 ming nafar
— 2018/2019-oʻquv yili – 2,7 ming nafar
— 2019/2020-oʻquv yili – 3,6 ming nafar
— 2020/2021-oʻquv yili – 4,2 ming nafar
— 2021/2022-oʻquv yili – 5,1 ming nafar
— 2022/2023-oʻquv yili – 5,0 ming nafar
2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring