Oʻzbekistonda navbatdagi muhim xalqaro anjuman oʻtkaziladi
Adliya vazirligi tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda 2022-yil 25-fevral kuni (soat 10:00–18:00) “Strategik islohotlarni huquqiy taʼminlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzuida xalqaro anjuman oʻtkaziladi.
Mazkur anjumandan maqsad strategik islohotlarning huquqiy jihatdan yakuniy tahlili, shuningdek, 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda yuridik hamjamiyat oldidagi yangi vazifa va chaqiriqlarni muhokama qilishdan iborat.
Anjumanda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari maʼruza qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring