Oʻzbekistonda masjidlar soni 2096 taga yetdi
Mamlakatimizda fuqarolarning boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Ana shundan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Qishliq” hamda “Beshgumbaz” jome masjidlari roʻyxatdan oʻtkazilib, ularning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.
Maʼlumot uchun, Qashqadaryo viloyatidagi masjidlar soni 184 taga, yurtimizdagi jami masjidlar soni esa 2096 taga yetdi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Matbuot xizmati xabar qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring