Oʻzbekistonda masofadan boshqariladigan yirik kalibrli pulemyot ishlab chiqarildi
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tasarrufidagi korxonalardan birida masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish boʻyicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Xususan, soha mutaxassislari tomonidan mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlari ishlab chiqilib, ular asosida yirik kalibrli pulemyot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqildi va shu kunlarda zavod sinovlaridan oʻtkazilmoqda.
Mazkur pulemyotni zirhli harbiy texnikalarga ham oʻrnatsa boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring