Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi
Illyustrativ foto
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025/2026 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 870,5 ming nafarni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich avvalgi oʻquv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga oshgan.
Qayd etilishicha, jami oʻquvchilarning 51,2 foizini oʻgʻil bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil etgan. Hududlar kesimida oʻquvchilar soni:
• Qoraqalpogʻiston Respespublikasi – 375,5 ming nafar;
• Andijon viloyati – 634,7 ming nafar;
• Buxoro viloyati – 348,4 ming nafar;
• Jizzax viloyati – 284,6 ming nafar;
• Qashqadaryo viloyati – 688,1 ming nafar;
• Navoiy viloyati – 195,7 ming nafar;
• Namangan viloyati – 571,3 ming nafar;
• Samarqand viloyati – 814,2 ming nafar;
• Surxondaryo viloyati – 572,8 ming nafar;
• Sirdaryo viloyati – 165,1 ming nafar;
• Toshkent viloyati – 547,2 ming nafar;
• Fargʻona viloyati – 733,4 ming nafar;
• Xorazm viloyati – 377,4 ming nafar;
• Toshkent shahri – 562,1 ming nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring