Oʻzbekistonda kuniga 150 mingdan ortiq odam koronavirusga qarshi emlanmoqda
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 18-fevral kuni Oʻzbekistonda 165 808 kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, preparatning birinchi dozasini 15 599 nafar, ikkinchisini 46 738 nafar, uchinchisini esa 103 471 nafar qabul qilgan.
Mintaqalar boʻyicha kuniga eng yuqori emlash koʻrsatkichlari:
Qashqadaryo viloyati — 31 860 doza;
Andijon viloyati — 22 167;
Toshkent — 18 795.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring