Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi
2020-yil 15-may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 (+7) nafarni tashkil qilmoqda. 7 nafar yangi kasallanish holatining 3 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda boʻlgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan 3 nafar fuqaro 9 va 13-may kunlarida Tojikistondan kelgan va karantinga olingan.
Ayni paytda yurtimizda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaydi. Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 505 nafar bemordan 8 nafari ogʻir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring