Koronavirusning oddiy grippdan asosiy farqi maʼlum boʻldi
Koronavirus COVID-19 grippdan keskin farq qiladi va oʻta xavfli.
Sent-Luis (AQSH)dagi Vashington universiteti eksperti Ebigeyl Karlsonning tushuntirishicha, odamlarda vaqt oʻtishi bilan grippga qarshi kollektiv immunitet shakllangan, shu bois, mavsumiy epidemiyalar vaqtida insoniyatning kattagina qismi ushbu kasallik qurboniga aylanmaydi.
“Sizning immun tizimingiz dushman virusni tanib qolib, oldingi infeksiyadan tajribaga ega boʻlgan holda, antitanachalarni ishlab chiqishi mumkin. Ayrim odamlarga privivka qilinadi“, — dedi u.
Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti mutaxassisi Otto Yangga koʻra, koronavirus infeksiyasining oldini olish uchun tayyor vaksina yoʻq, demakki, populyatsiya jiddiy oqibatlarsiz kechmaydi. Olim vaksina yaratilishiga bir yildan ortiq vaqt talab etilishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.
Ekspertlarning soʻzlariga koʻra, ikki kasallikning tashxisida ham farq mavjud. Grippni shifokorlar sinalgan usullar: masalan, burun yoki ogʻizdan mazok olish orqali aniqlaydi.
Yang va Karlson fikricha, COVID-19ni esa hozircha faqatgina izolyatsiya va ijtimoiy masofalanish orqali yengish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring