Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan 8 nafar bemor oʻta ogʻir ahvolda

23:53 26 Iyun 2020 Jamiyat
769 0

Bugun mamlakatimizda 250 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 220 nafari Karantin muassasalarida, 25 nafari aholi orasida (shundan 10 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 161 nafar fuqaro sogʻaydi. Ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7427 nafar bemordan 5038 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2369 nafar bemordan 18 nafari ogʻir, 8 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 37 377 nafar, statsionar karantinda esa 22 088 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер