Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar 89 nafarga yetdi
Avval Buxoro viloyatidan 4 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalganini xabar qilgan edik. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor fidoyi va jonkuyar shifokorlar saʼy-harakati tufayli butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sogʻayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik boʻlib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barchasi karantinda boʻlishgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan.
Bemorlarning tuzalishida, avvalo, ushbu shifoxona tibbiyot xodimlarning davolash muolajalarini xalqaro standartlar asosida, toʻgʻri yoʻlga qoʻyganlari, shuningdek, pulmonologiya, kardiologiya, terapiya, endokrinologiya kabi ixtisoslashgan soha mutaxassislari bilan telemuloqot oʻrnatgani qoʻl kelamoqda
Ayni paytga qadar mamlakat boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar 89 nafarga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring