Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozori barqarorligicha qolmoqda
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan maʼlum qilindi.
Yanvar oyida Oʻzbekistonda qariyb 22 mingta uy-joy sotildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 20%ga koʻpdir.
Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon poytaxtda oʻrtacha ijara narxi 2,2%ga pasaydi va 1 kv.m. uchun 9 dollarni tashkil etdi.
Shayxontohur va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida ijara haqi sezilarli darajada pasaygan, bu hududlarda ijara narxi 5%dan koʻproqqa arzonlashgan.
Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6%ga oʻsdi. Yillik hisobda ikkilamchi bozor 18%ga oshdi.
Oʻtgan yilning yanvar oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi bozorning oʻrtacha narxi deyarli 20%ga oshdi.
Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi deyarli oʻzgarmadi va bir kv.m. uchun 1122 dollarni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring