Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, professor Joʻra Teshaboyev 90 yoshida vafot etdi
Joʻra Teshaboyev kinoshunos, ssenariychi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, faoliyatida davomida 30 ga yaqin hujjatli kino, 2 ta multfilmga ssenariy yozgan.
Yuqori faoliyatini sanʼatga baxshida etgan Joʻra Teshaboyev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989), Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (1991) unvonlarini qoʻlga kiritgan.
Kinoshunoslik ilmining atoqli namoyondalaridan biri, milliy kino sanʼatimizning nazariy asoslarini keng koʻlamda ilmiy tadqiq etishga asos solgan taniqli olim edi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring