Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dono Boboxonova 80 yoshda vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston davlat drama teatri xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Dono Boboxonova 1946-yil 20-noyabrda tavallud topgan. 1970-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Ijodiy faoliyatini 1968-yilda “Yosh gvardiyachilar” teatrida boshlagan. 1996-yilda «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist« faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Dono Boboxonova milliy sahna sanʼati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan hamda betakror obrazlar yaratgan. Ijodiy faoliyati davomida “Tilim qursin”, “Chol va nabira”, “Berlin-Oqqoʻrgʻon” kabi koʻplab filmlarda mahoratli rol ijro etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring