Oʻzbekistonda kelgusi yili SHHT Birinchi transport forumi oʻtkaziladi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bugun qabul qilinayotgan SHHTning Oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash va samarali transport yoʻlaklarini yaratish konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining qoʻllab-quvvatlashi ostida Toshkent shahrida Mintaqalararo oʻzaro bogʻliqlik markazini tashkil etishni taklif qildi.
Sammit doirasida Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi toʻgʻrisida uch tomonlama Bitimning imzolanishini tarixiy voqea deya baholab, Shavkat Mirziyoyev strategik jihatdan yana bir muhim loyiha – Termiz–Mozori Sharif-Kobul–Peshovar temir yoʻli koridori qurilishini ham qoʻllab–quvvatlashga chaqirdi.
Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni kelgusi yili Oʻzbekistonda SHHT Birinchi transport forumi doirasida muhokama qilish mumkinligi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring