Oʻzbekistonda karantin qanday bekor qilinadi?

15:30 04 May 2020 Hujjatlar
1511 0

Respublikamizda karantin qanday bekor qilinadi? Uning uchun ham alohida talablar bormi? Ushbu savolga Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

“Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sogʻayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining maxsus qarori bilan joriy etilgan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Albatta, buning uchun alohida talablari, bosqichlari aks etgan karantinnni yechish boʻyicha xujjat ishlab chiqiladi.

Lekin rasman, karantin bekor qilinganligi rasman eʼlon qilinmaguncha karantin vaqti uchun belgilangan Sanitariya-gigiyena qoidalari, meʼyorlari va gigiyenik normativlarlarga toʻliq rioya etilishi talab qilinadi”, deydi Otabekov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер