Oʻzbekistonda karantin 15-iyunga qadar uzaytirildi

07:42 30 May 2020 Jamiyat
2115 0

Amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga 2020-yil 1-iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda: 

“qizil” hududlarda:

➖ riyeltorlik faoliyati;

➖ reklama va marketing faoliyati;

“sariq” hududlarda “qizil” hududlarga qoʻshimcha ravishda:

➖ avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda, nazariy mashgʻulotlar masofadan turib (onlayn) oʻqitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashgʻulotlar esa sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);

➖ davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati;

“yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qoʻshimcha ravishda:

➖ sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);

➖ sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;

➖ oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish.

☝️Bunda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Oʻz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер