Oʻzbekistonda internetda soʻkinish va jangarilikni targʻib qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan hujjat bilan bir qator yangi maʼmuriy javobgarlik turlari joriy etilmoqda.
Yangi tartibga koʻra, quyidagi harakatlar uchun jazo choralari belgilanadi:
Telekommunikatsiya tarmoqlari va internet orqali fuqarolarni haqorat qilish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni sodir etish hamda uyatli soʻzlardan foydalanish.
Xorijiy davlat hududidagi qurolli toʻqnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishni targʻib qiluvchi, reklama qiluvchi yoki namoyish etuvchi mahsulotlarni tarqatish.
Ommaviy axborot vositalari va internetda shaxsning oʻzi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni targʻib qiluvchi (masalan, skandal videolar, qoidabuzarliklar aks etgan lavhalar) materiallarni tarqatish.
Ijro harakatlari davomida xatlangan yoki roʻyxatga olingan mulkni yashirish, yoʻqotish yoki unga shikast yetkazish.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining taʼkidlashicha, ushbu normalar axborot makonida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklarni ommalashtirish va ularga taqlid qilishning oldini olishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring