Oʻzbekistonda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari qayerga sarf qilingani maʼlum boʻldi
Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining mablagʻlari qayerga sarf qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Jamgʻarmaning jami daromadi 7,44 trln soʻm boʻlgan, shularning 7,32 trln soʻmi (98,3%) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari evaziga shakllantirilgan.
Bugungi kungacha jami 3,3 trln soʻm xarajat qilingan.
Eng koʻp mablagʻ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentiligiga ajratilgan - 573 mlrd soʻm.
Keyingi eng koʻp mablagʻ “Issiq elektr stansiyalar” AJga sarflangan va 500 mlrd soʻm subsidiya berilgan.
Boshqa yirik xarajatlar quyidagilar:
406 mlrd – “Uzbekistan Airways” AJga ssuda;
401 mlrd — «Oʻzbekneftgaz» AJga subsidiya;
101 mlrd - “Uzbekistan Airports” AJga ssuda;
100 mlrd – Jamoat ishlari jamgʻarmasiga (ishsiz fuqarolarni vaqtincha ishlarga jalb qilish uchun);
60 mlrd – Kasaba uyushmalari federatsiyasiga (kam taʼminlangan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun);
50 mlrd – Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasiga (shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun);
40 mlrd —«Birinchi rezinotexnika zavodi» MCHJga ssuda;
11 mlrd – “Toshkent metropoliteni” va «Toshshahartransxizmat» xodimlariga ish haqi uchun.
Shuningdek, quyidagi maqsadlar yoʻlida ham mablagʻlar sarflangan:
504 mlrd – suv taʼminoti va irrigatsiya tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlar uchun;
487 mlrd – shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun;
70 mlrd – ijtimoiy nafaqalar uchun.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring