Oʻzbekistonda Inqirozga qarshi 10 trillion soʻmlik jamgʻarma tuziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart kuni koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
– Bugungi sharoitda sanoat korxonalari, tadbirkorlar va eksportyorlar bizdan aniq va samarali choralar kutmoqda. Shu bois iqtisodiyotda hisob-kitob qilinayotgan yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun zaxira yaratish va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash hukumatning asosiy vazifasi boʻlishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Prezidentimiz koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida farmon qabul qildi. Hujjatga asosan, Inqirozga qarshi jamgʻarma tuzilib, unda 10 trillion soʻm shakllantiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring