Oʻzbekistonda hindistonlik talabalar eng koʻp ekani maʼlum boʻldi

00:02 15 Iyun 2024 Jamiyat
522 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 090 nafar;

Turkmaniston — 1 627 nafar;

Tojikiston — 758 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 317 nafar;

Janubiy Koreya — 249 nafar;

Xitoy — 242 nafar;

Pokiston — 237 nafar;

Afgʻoniston — 132 nafar;

AQSH — 118 nafar;

Qozogʻiston — 102 nafar;

Boshqa davlatlar — 535nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер