Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi

18:49 25 Noyabr 2023 Siyosat
383 0

Joriy yilning 21-24-noyabr kunlari Oʻzbekistan Respublikasi parlamenti vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari amaliy tashrif bilan Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida boʻlishdi.

Delegatsiya aʼzolari Turkiya Buyuk Milliy Assambleyasi tomonidan oʻtkazilgan “Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida milliy parlament aʼzolari nutq soʻzlab, soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.

Xususan, ayollarning jamiyat hayotidagi oʻrni va nufuzini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar ularning ijtimoiy-huquqiy faolligi hamda jamiyatdagi rolini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda Ozarbayjon Milliy Assambleyasi Oila, xotin-qizlar va bolalar masalalari qoʻmitasi raisi Hisran Huseynova soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, bu borada Oʻzbekiston tajribasini yaqindan oʻrganish zarurligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер