Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan MCHJlar soni ochiqlandi
2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda 415,2 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Masʼuliyati cheklangan jamiyat – 327 495 ta (78,9 foiz);
- Xususiy korxonalar – 47 179 ta (11,4 foiz);
- Oilaviy korxonalar – 36 440 ta (8,8 foiz);
- Aksiyadorlik jamiyati – 634 ta (0,1 foiz);
- Boshqalar – 3 436 ta (0,8 foiz).
Mavjud tijorat tashkilotlardan 327,5 mingtasi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar boʻlib, bu umumiy korxonalar sonining 78,9 foizini tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring