Oʻzbekistonda dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi oʻzgardi
Illyustrativ foto
Adliya vazirligi kecha, 3-aprel kuni Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularning samaradorligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami — 3806).
Unga koʻra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi. Samaradorlikni oʻrganish mustaqil ilmiy ekspertlardan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Samaradorlikni oʻrganish natijalari boʻyicha dori vositalari quyidagi 3 ta toifaga ajratiladi:
• samaradorligi isbotlangan dori vositalari (samaradorligi xalqaro ilmiy manbalarda tasdiqlangan boʻlsa);
• samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari (xalqaro ilmiy manbalarga koʻra, samaradorligi oʻz isbotini topmagan boʻlsa);
• samaradorligi oʻrganilmagan dori vositalari (samaradorligi boʻyicha xalqaro ilmiy manbalarda maʼlumotlar mavjud boʻlmasa).
Oʻrganish natijalari Sogʻliqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring