Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 53,03 soʻmga tushdi va 12 886,90 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 100,30 soʻmga pastladi va 14 625,34 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,16 soʻmga tushib, 160,87 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring