Oʻzbekistonda doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli?
Illyustrativ foto
Milliy statistika qoʻmitasi mamlakatimiz aholisining necha foizi mehnatga layoqatli ekanligi haqida maʼlumot berdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2025-yilning 1-aprel holatidagi doimiy aholi soni 37 million 697,8 ming kishini tashkil etgan.
Mehnatga layoqatli yoshdagilar umumiy aholi sonining 56 foizi, yaʼni 21,1 million nafarni tashkil qilgan.
Doimiy aholi sonining 32,1 foizi, yaʼni 12,1 million nafari esa mehnatga layoqatli yoshdan kichik ekanligi aytildi.
Mehnatga layoqatli yoshdan kattalar doimiy aholi sonining 11,9 foizi, yaʼni 4,5 million nafarni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring