Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda

14:01 27 Oktyabr 2023 Jamiyat
204 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 63,9 ming kishiga oshgan.

2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2,1 ming kishiga koʻpaymoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер