Oʻzbekistonda boʻyi 4 metrgacha oʻsadigan, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston hududida “Juncao” texnologiyasi asosida qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik yetishtiriladi. Ushbu oʻsimlik 30 kunda 40 sm, 60 kunda 1 metr, 100 kunda 4 metrgacha oʻsadi.
1 gektar yer maydonga ekilsa, undan 300 tonna chorva uchun ozuqa, 100 tonna qoʻziqorin, 24 tonna organik mineral oʻgʻit olish mumkin. Uning poyasidan qurilish paneli (DSP) va qogʻoz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysa boʻladi.
Bu borada, yaʼni qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik yetishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xitoyning “National Engineering Research Center” milliy tadqiqot markazi bilan kelishuvga erishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring