Oʻzbekistonda benzin narxini asossiz oshirgan 109 ta “zapravka” aniqlandi. Ularga birja savdolarida cheklov qoʻyildi
Foto: Arxiv surat
Energetika vazirligi maxsus ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli 109 ta xususiy AYOQSHlarda benzin narxini asossiz ravishda oshirib sotish, kamomadga yoʻl qoʻyish, sifatsiz mahsulot tarqatish va kam quyish holatlari aniqlandi.
Ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etguniga qadar birja savdolari orqali AI-80 rusumli benzin xarid qilishga cheklovlar oʻrnatildi va nazoratga olindi.
Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlariga huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring