Oʻzbekistonda barcha diniy marosimlarni vaqtincha cheklash tavsiya etildi
Arxiv surat
Bugun, 15-mart kuni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida shoshilinch yigʻilish oʻtkazdi. Unda bosh vazir barcha diniy tashkilotlarga diniy yigʻinlarni vaqtincha oʻtkazmaslik boʻyicha iltimos bilan murojaat etilganini maʼlum qildi.
“Yana bitta masala bor, iltimos qilmoqchimiz, tavsiya qilmoqchimiz. Diniy idoralar tomonidan ham turli diniy marosimlarni cheklash masalasi koʻrib chiqilishini iltimos qilmoqchimiz.
Faqat musulmonlar idorasidan emas, yoki faqat xristianlar idorasidan emas, barcha diniy konfessiyalardan iltimos qilmoqchimiz.
Yevropadagi barcha mamlakatlarda, Osiyoning koʻplab mamlakatlarida diniy marosimlarni cheklash boʻyicha qarorlar qabul qilinyapti.
Biz bunday qaror qabul qilmaymiz. Shunday tavsiyamiz bilan murojaat qilib chiqdik, koʻrib chiqiladi, degan niyatdamiz. Chunki bu ularning ham zimmasiga tushgan sinov”, dedi bosh vazir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring