Oʻzbekistonda ayollarning qancha qismi internetdan foydalanishi aytildi
2025-yilning yanvar avgust oylarida Oʻzbekistonda internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 93,1 foizni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning ortda qolgan davri mobaynida ushbu koʻrsatkich erkaklarda 95,3 foiz ekani qayd etildi.
Oʻzbekistonda yillar kesimida internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi quyidagicha taqsimlangan:
- 2021-yil – 72,6 foiz;
- 2022-yil – 81 foiz;
- 2023-yil – 87,3 foiz;
- 2024-yil – 92,4 foiz;
- 2025-yil (yanvar avgust) – 93,1 foiz.
Yillar kesimida internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi quyidagi taqsimlangan:
- 2021-yil – 80,6 foiz;
- 2022-yil – 86,9 foiz;
- 2023-yil – 90,9 foiz;
- 2024-yil – 94,2 foiz;
- 2025-yil (yanvar avgust) – 95,3 foiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring