Oʻzbekistonda Anor nomli yangi toʻlov tizimi ishga tushirildi

19:50 20 Fevral 2020 Iqtisodiyot
2349 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Anor” tezkor toʻlovlar tizimini ishlab chiqdi. Ushbu yangi tizim yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida real vaqt rejimida banklararo pul oʻtkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi va 24/7 vaqt davomida (dam olish va bayram kunlari ham tanaffuslarsiz) ishlaydi.

“Anor” tizimi elektron raqamli imzo orqali foydalaniladi. Mazkur tizim Markaziy bank tomonidan 2019-yil oxirida ishlab chiqilib, tajriba tariqasida 2020-yil 18-fevraldan ishga tushirildi hamda “Hamkorbank”, “Trastbank”, “Ipoteka-bank” va “Turkistonbank” kabi tijorat banklarida sinovdan oʻtkazilmoqda. Dastlabki ikki kun davomida ushbu tizim orqali mingdan ortiq qariyb 20 mlrd. soʻmlik toʻlovlar amalga oshirildi.

Joriy yilning fevral-mart oylarida respublikamizning boshqa banklari ham bosqichma-bosqich ravishda “Anor” tizimiga ulanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер