Oʻzbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi yana koʻtarildi
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga 32 328,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 16 797,4 tonnasi, yaʼni 51,9% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 36 xaridor ishtirok etdi. Hafta davomida avtomobil benzin deyarli oʻzining boshlangʻich qiymatida sotildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha boshlangʻich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6 247,5 ming soʻmdan 6 308,3 ming soʻmgacha yoki 1,0% ga koʻtarishdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning oʻrtacha kunlik narxi ham 6 248,2 ming soʻmdan 6 308,6 ming soʻmgacha, yaʼni 1,0% ga koʻtarildi.
Oʻtgan haftada AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 6 249,6 ming soʻmni, AI-91 – 7 385,2 ming soʻmni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring