Oʻzbekistonda 9 oyda 4,5 mln tonna koʻmir qazib olingan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4,5 mln tonna koʻmir qazib olingan.
Koʻmir qazib olish hajmi 2022-yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 14,5 % ga oshgan.
2023-yilning sentyabr oyida yirik korxonalar tomonidan 685,6 ming tonna koʻmir qazib olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring