Oʻzbekistonda 5 ta arxeologiya yodgorligi muzeylashtiriladi

14:50 02 Yanvar 2024 Jamiyat
361 0

Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda arxeologiya sohasidagi ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, konservatsiyalash va ularda ochiq osmon ostida muzey tashkil etish hamda uni turizm obyektiga aylantirish choralarini koʻrish belgilab berilgan.

261-sonli qarordan kelib chiqqan holda, Toshkent shahar “Chilonzor oqtepa”, Surxandaryo viloyati “Dalvarzintepa”, Andijon viloyati “Mingtepa”, Samarqand viloyati “Sherozqalʼa”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Qoʻyqirilgan qalʼa” arxeologiya obyektlarida mintaqaviy restavratsiya markazlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Qarorda belgilangan barcha yodgorlik majmualarida ham belgilan loyiha-smeta asosidagi ishlar amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер