Oʻzbekistonda 5-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti aytildi

00:07 05 Noyabr 2021 Jamiyat
1699 0

“Oʻzgidromet” xizmati 5-noyabr, juma kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja, kunduzi 5–7 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 darajadan 10 darajagacha sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli–sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, togʻli hududlarda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер