Oʻzbekistonda 3-may kuni havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

00:47 03 May 2022 Jamiyat
1138 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 3-may, seshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 25-27° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 21-26° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang toʻzon boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер