Oʻzbekistonda 27-oktabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
“Oʻzgidromet” xizmati 27-oktabr, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–9 daraja, kunduzi esa 18–20 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi esa 8–13 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 13–18 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 15–20 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi esa 18–23 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi esa 17–22 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi esa 8–13 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring