Oʻzbekistonda 27-fevral kuni harorat 25 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda

03:50 27 Fevral 2022 Jamiyat
1051 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” 27-fevral, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 19-21° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 20-25° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Qor koʻchish xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер