Oʻzbekistonda 2026-yilga borib oliy taʼlim qamrovi 50 foizga yetkaziladi
Oʻzbekistonda 2026-yilgacha yoshlarni oliy taʼlimga qamrab olishni 50 foizgacha oshirish moʻljallanmoqda, bu yangi “2022-2026-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi” loyihasidan kelib chiqadi.
Hujjat asosida 2022-yil oxirigacha qamrovni 38 foizga yetkazish, besh yil ichida esa talabalarni qamrab olish darajasini 250 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, kelgusi oʻquv yilidan boshlab moliyaviy mustaqil boʻlgan oliy oʻquv yurtlari oʻz oʻquv rejalari, malaka talablari, taʼlim tili va shaklini tasdiqlashi mumkin.
Qayd etilishicha, 2022-yilda 18,8 ming oʻringa moʻljallangan 47 ta yotoqxona foydalanishga topshirilishi kerak. Ular davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring